Dekabr oxiridan beri Mikolayivda bunday hujumlar bölmagan, dedi u OAV efirida.
Senkeviçning sözlariga köra, raketalar turar joy binolariga tuşgan, zarba berilgan joy yaqinida harbiy obektlar yöq, hozirda şaharda ham harbiylar deyarli qolmagan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, raketa hujumi natijasida bir kişi halok bölgan, 23 kişi, jumladan bir bola jarohatlangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Kalibr» raketalari Qora dengizdan uçirilganini, «yuqori aniqlikdagi qurollar xususiy uylar, tarixiy bino va köp qavatli binoga qaratilgan»ini aytdi.
«Bosqinçi davlat bu uruşning asosiy maqsadi terror va ukrainaliklarni yöq qiliş ekanligini isbotlaşdan töxtamayapti», deya ma’lum qildi u Telegram’da.
U «insoniyatga qarşi navbatdagi jinoyat» sodir etganlar javobgarlikka tortilişiga işonç bildirdi.












