Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq sözlaydi. 

Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT boş kotibining örinbosari Olga Algayerova, Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Marton Nad, ACWA Power kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnaşadi. 

Sessiyaga Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari böyiça direktori Jonatan Çarlz moderatorlik qiladi.

Davlat rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi ham rejalaştirilgan.

Tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin işbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari iştirok etadi.