Toşkent investitsiya forumi dasturi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.

Özbekiston-Qirğiziston köp qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oşirilmoqda.

Yaqinda Öş şahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali oçildi, Qöqon şahrida esa sportçilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uçraşuvini ötkazişga puxta tayyorgarlik körilmoqda.

Davlat rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini oçiş böyiça kooperatsiya loyihalarini tezlaştiriş zarurligini ta’kidladi.
















