Ikromjon Töxtasinov – Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavri. Magistraturani esa AQŞdagi maşhur Notr Dam universitetida tamomlagan. Ayni paytda Illinois universitetida doktorantura qilmoqda.
— Özbekistonda siyosatşunoslik masalasi qanday, sizning-ça?
— Özbekistonda taşqi siyosatni örganuvçi mutaxassislar juda köp va kuçli. Özbekistonning taşqi siyosatda maqtovga loyiq tomonlari bor. Içki fuqarolar bilan böladigan jarayonlar – boşqa masala. Ijtimoiylik tomondan esa daraja past. Boşqa davlatlarning içki siyosatini örganib xulosa beruvçi kadrlar ham kam. Demokratiya, saylov borasida mutaxassis yöq.
Ijtimoiy ilmni rivojlantiriş uçun erkinlik zarur. Kimdir Özbekistonda demokratiyani rivojlantiriş töğrisida qiziqiş bildirar, lekin erkinlik masalasi qiyin. Bundan taşqari, mablağ masalasi ham bor. Ilm-fanga köp pul ajratilişi – muhim omil. Ilmiy işlar uçun köproq grantlar ajratiş kerak.

— Amerikadagi siyosatşunoslarning ta’minoti qanday? Ularning işlari amaliyotda qöllanadimi?
— Davlat ilmiy iş yoki izlanişlar borasida heç qanday tösiq qöymaydi. Işning ma’no-mazmuni yaxşi bölsa, universitetlar pul ajratadi. Turli taşkilotlarning grantlari ham bor. Umuman, şaroitlar, imkoniyatlar bor. Yaxşi universitetlarda öqiş katta imkoniyat beradi moddiy tomondan ham.
Ilmiy işlar qaysidir partiya tarafdorlari uçun işlatilişi mumkin. Ya’ni hamma narsa manfaatlar ustida quriladi. Bunday vaziyatda olimlarning xulosalaridan foydalanişadi. Ba’zi umumiy töxtamga kelingan masalalar ham bor, albatta. Ilmiy işning töğri yoki notöğri ekani ahamiyatsiz, balki tomonlarning manfaat töqnaşuvida örni muhim. Lekin universitetlarda, intellekt markazlarda köp ilmiy faoliyatlar olib borilib, ba’zi narsalar qonuniylaşişiga harakat qilişadi. Va davlat bilan aloqa örnatişadi bu borada.
— Özbekiston siyosiy tuzumi haqida nima deya olasiz? Qanday bosqiçda, rivojlanyaptimi yoki yöq?
— Ma’lum bir yönalişlarda oldinga siljiş böldi. Ya’ni ikkinçi ma’muriyat davrida nisbatan söz erkinligi berildi, propiska masalalari yöqotildi. Nisbatan erkinliklar berilyapti. Demokratik davlatga aylangani yöq hali. Çunki demokratiya – uzoq yöl. Hali bir neçta bosqiçlardan ötiş, islohotlar qiliş kerak.








