Ukraina Rossiyaning 23 ta raketasidan 21 tasini urib tushirdi
Ukraina Qurolli kuchlari 23 ta qanotli raketadan 21 tasini va ikkita dronni yo‘q qildi. Bu haqda "Liga.Novosti" agentligi Harbiy-havo kuchlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 28 aprel kuni ertalab soat 4 da Rossiya Kaspiy dengizi hududidan Tu-95 strategik aviatsiya samolyotlaridan Ukrainaga hujum qildi. 23 ta X-101/X-555 qanotli raketalari uchirildi.
Mamlakatning markaziy, sharqiy va janubiy viloyatlarida Ukraina Qurolli kuchlarining zenit-raketa kuchlari bo‘linmalari 21 ta raketa va ikkita tezkor-taktik uchuvchisiz uchoqni yo‘q qildi.
Kiyev osmonida 11 qanotli raketa va ikkita dron urib tushirildi. Shu bilan birga, Dniproda, shuningdek, Umanda raketa portlashlari qayd etilgan, bir ayol va bir bola halok bo‘ldi. U yerda raketa to‘qqiz qavatli turar joy binosiga kelib urilgan.
Ushbu raketa zarbasi qurbonlari soni aniqlanmoqda, oqibatlarini bartaraf etish davom etmoqda, deb yozadi "Liga.Novosti".
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
21:00 / 12.11.2024