Uçraşuvda innovatsion uruğçilik va yangi paxta navlarini yaratiş böyiça Ispaniya tajribasini örganiş, tajriba almaşiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Eurosemillas kompaniyasi ijroçi menejyeri Xose Mariya Fontan hamda paxtaçilik yönalişi böyiça boş texnolog Bernardo Kastro Özbekiston tomoniga paxtaçilik yönalişida olib borayotgan faoliyat, ekstremal ob-havo haroratlariga, suvsizlikka hamda zararkunandalarga çidamli yangi paxta navlarini yaratişda erişilgan yutuqlar töğrisida taqdimot ötkazişdi.
Öz navbatida, Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Böriyev va Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining örinbosari Şodmon Namozov ispan vakillarini Özbekistonda paxtaçilik sohasini rivojlantiriş böyiça körilayotgan işlar bilan taniştirdi. Xususan, mamlakat rahbariyati tomonidan söngi yillarda iqlimning keskin özgarişi sababli hududda suvsizlik va şörlaniş oqibatida paxtaning yangi, ekstremal haroratlarga çidamli, köp suğorişni talab etmaydigan navlarini yaratiş, şu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy izlanişlar olib borişga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Muzokaralar natijasida Özbekiston paxtaçilik sohasi vakillari delegatsiyasining Ispaniyaga işçi safarini taşkil etiş va safar davomida paxtaçilik yönalişida yuqori natijalarga erişgan innovatsion ispan kompaniyalari faoliyatini közdan keçiriş hamda ilmiy-tadqiqot natijalari bilan bevosita taniştiriş yuzasidan kelişib olindi.

















