Hududlarda keksaligi yoki soğligi sababli referendum uçastkalariga borolmayotgan fuqarolarning ovozlari köçma qutilar orqali yiğilyapti. Xususan, Toşkent şahridagi 279-referendum uçastkasida röyxatga olingan 89 nafar ana şunday ovoz beruvçining xonadoniga borildi.

“Doim saylov, referendum jarayonlariga faol qatnaşganman. Bugun, 30aprel xalqimiz uçun muhim kun. Aslida referendumda qatnaşiş uçun uçastkaga borib ovoz bermoqçiydim, ammo yaqinda oyoğim singanligi sababli çiqolmadim. Lekin uçastka a’zolari köçma quti bilan kelişdi. Men ham ovoz berdim. Mening ovozim ham kerakligidan xursand böldim”, – deydi Sobirjon Aliyev.

Muyassar Sobitova ham şunday imkoniyatdan foydalanib ovoz beriş jarayonida qatnaşdi.

“Farzandlarim ertalabdan referendum uçastkasiga özlari borib ovoz berib kelişdi. Meni esa keksaligim sababli sarson qilmaslik uçun uyga uçastka a’zolari özlari kelişdi. Men ham ovoz berdim”, – deydi onaxon.

Şu tariqa betobligi yoki keksaligi tufayli referendum uçastkalariga borolmagan fuqarolar ham ovoz beriş imkoniga ega bölişmoqda.