Özbekiston va xorijdagi referendum uçastkalarida soat 11:00 holatiga köra 6 million 820 ming 838 nafar fuqaro ovoz bergan. Bu jami ovoz beruvçilarning 35,13 foizini taşkil etadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida ötkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Bahrom Qöçqorov saylovçilarning yuqori faolligini ta’kidlab, şu paytgaça jiddiy qonunbuzarliklar qayd etilmaganini ta’kidladi.

Hududlar kesimida ovoz beruvçilarning iştiroki böyiça foiz hisobida Andijon viloyati (40,24 foiz), Sirdaryo viloyati (39,62 foiz) va Jizzax viloyati (39,33 foiz) yetakçi.

Ovoz beruvçilar soni böyiça esa Farğona (847 132 nafar), Samarqand (776 949 nafar) va Andijon (685 231 nafar) viloyatlarida eng yuqori körsatkiçlar kuzatilgan.

Mamlakat böylab 10758 uçastka faoliyat körsatmoqda. Bundan taşqari, ayni vaqtga kelib çet eldagi diplomatik vakolatxonalarda taşkil etilgan uçastkalarning 55 tasi oçilgan.

611 ming 320 nafar saylovçi muddatidan avval ovoz bergan

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga köra, referendum kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan fuqarolar uçun 2023 yil 19-26 aprel kunlari muddatidan oldin ovoz beriş taşkil etilgan va unda 611 ming 320 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.