
Şerzod Xöjayev tekstil mahsulotlari işlab çiqarişda 15 yillik tajribaga ega. Perfecto brendi asosçisi. Ayni paytda onlayn savdo bozorida yetakçi tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Uşbu brend mahsulotlari nafaqat Özbekistonda, balki dunyo bozorida özbek trikotajining keng tarqalişiga sabab bölgan.
Bugun onlayn bozor qulayliklari köpaygan
Perfecto brendida bir neça yil oldin 95 foiz mahsulotimiz eksportga ketar edi, qolgan 5 foiz çakana savdoga çiqarilardi. 2020 yildan boşlab 20-30 foiz mahsulotimiz çakana savdoga çiqarilar edi. Hozir Uzum bilan hamkorlikni boşlaganimizdan keyin bu körsatkiç qiş mavsumida 70 foizgaça kötariladi. Rivojlanişda şunday davom etsak, 50 ga 50 bölib qolsa kerak, deb taxmin qilyapmiz.
2021 yilda oflayn dökonlarimizdagi çakana savdo hajmi tuşib ketdi karantin sabab. Öşa paytda MDH davlatlarida mahsulotlarimizni onlayn xarid qiliş kuçaydi internet dökonlarida. Şundan söng jamoa bilan maslahatlaşib, bu variantni örganib çiqişni boşladik. Uzum Market'ni tanlaşimizdan oldin asosçilari bilan gaplaşdik, örgandik. Omborini kördik, logistika tizimi bilan tanişdik, yaxşi tomoni bu marketda özining kompaniyasiga tegişli xizmat maşinalari bor. Har bitta tuman markazida markazlari bor, bir kun içida yetkazib berişadi. Oldin viloyatlarga yetkaziş qimmatga tuşardi bizga yoki mijozga, Uzum Market esa tekinga yetkazib beradi. Şunday ustun tomonlarini örganib çiqqanimizdan söng mahsulotlarimizni qöya boşladik. Boşida yaxşi savdoni yölga qöygunimizça vaqt ketadi deb öylagandik. Lekin birinçi oyning özida katta effekt berdi.
Özbekistonda yanvar, fevral, mart oylarida çakana savdoda pasayiş böladi. Lekin Uzum Market'da boşqa yillarnikiga qaraganda köproq savdo böldi qiş mavsumida. Çunki özbekistonliklar uçun qiziq böldi internet dökon va trendga aylangan edi. Bundan taşqari, iloji boriça ulgurji narxlarda qöyişni boşladik. Yana bir yaxşi tomoni xaridorlar mahsulotlarni olgaç, izohlar qoldirişi böldi, çunki ijobiy fikrlar köp. Boşidan internet dökoniga işonçni orttiriş, odamlarni jalb qiliş uçun yaxşi mahsulotlar qöydik.
Biz uçun hammasini Uzum bajaryapti















