Markaziy saylov komissiyasining raisi Zayniddin Nizamxodjayev referendumning dastlabki natijalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni Özbekiston Respublikasi xalqi tomonidan referendumda qabul qilingan deyişga barça asoslar bor.
«Referendumning dastlabki natijalariga köra, «Siz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savolga ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning 15 million 40 ming 55 nafari yoki 90 butun yuzdan 21 foizi yoqlab, 1 million 559 ming 200 nafari yoki 9 butun yuzdan 35 foizi qarşi ovoz bergan.
Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlarning soni 73 ming 934 dona yoki nol butun yuzdan 44 foiz.
«Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi Qonunga köra, agar ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning yarmidan köproği yoqlab ovoz bergan bölsa, qaror referendumda qabul qilingan deb hisoblanadi.
Şu munosabat bilan, uşbu dastlabki ma’lumotlarga tayanib, «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni Özbekiston Respublikasi xalqi tomonidan referendumda qabul qilingan deyişga barça asoslar bor», dedi u.
Referendumning yakuniy natijalari Markaziy saylov komissiyasining tegişli qarori qabul qilinib, rasmiy e’lon qilingandan söng kuçga kiradi.













