Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Özbekistonda 30 aprel kuni ötkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Unga köra, referendum uçastkalariga 16,6 milliondan ortiq saylovçilar kelgan va davomat 84,5 foizni taşkil etgan.
«Referendumda Konstitutsiya töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilasizmi?» deb berilgan savolga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqarodan 15 mln 40 ming 55 nafari, ya’ni 90,21 foizi yoqlab ovoz bergan.
Byulletenlarning 0,49 foizi haqiqiy emas deb topilgan.

Uning qayd etişiça, referendum jarayoni xalqaro normalar va standartlarga, referendum qonunçilikka, unda belgilangan oçiqlik va oşkoralik kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga töla mos holda ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyişga asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.
Referendumning yakuniy natijasiga ta’sir qilmaydigan alohida kamçiliklar öz vaqtida, jumladan, ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik iştirokida aniqlanib, bartaraf etilgani qayd etilgan.
Uning qöşimça qilişiça, ayrim hududlarda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlangan. Bular Sirdaryo viloyatidagi 226-uçastka, Toşkent viloyatidagi 651-uçastka bölib, MSK tomonidan ötkazilgan monitoring natijalariga köra qonunbuzarliklar aniqlangan, şuningdek, Toşkent şahridagi 772-uçastkasida qonunbuziliş holatlari böyiça OAVda xabar berilgan. Bu qoidabuzarliklar MSK tomonidan mas’ul boşqarmalar bilan birgalikda örganiladi.
«Umuman olganda, barça saylov uçastkalarining 0,01 foizida qonunbuzarliklar aniqlangan», deya qöşimça qildi Zayniddin Nizomxöjayev.













