Tabiat resurslari vazirligi Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan Olmazor tumani, Qoraqamiş dahasida reyd tadbiri ötkazildi.
Tadbir davomida 2 fuqaro tomonidan quş bozorida Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 32 boş Örta Osiyo çöl toşbaqasi, 6 boş uzun ignali tipratikan va 5 boş sa’va quşi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan. Jonivorlar olib qöyilib, hayvonot boğiga topşirilgan.

Holat yuzasidan «Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks»ning 90-moddasi bilan jarima jazosi qöllangan. Uning miqdori xabarda keltirilmagan.












