Qonun bilan Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalaniş, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yurişga oid ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça işlarni körib çiqiş, bayonnomalar tuziş va ularni körib çiqiş uçun sudga yuboriş yuzasidan qöşimça vakolatlar berilmoqda.

Bu kabi vakolatlar voyaga yetmagan şaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etişga, ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qiliş, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş yoki tarqatiş, tilançilik qiliş hamda qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarda qonunga xilof ravişda iştirok etiş holatlarida ham amalga oşiriladi.

Bunda mazkur toifadagi işlarni körib çiqiş vakolati içki işlar organlarida ham saqlanib, huquqbuzarlik Milliy gvardiya xodimlari tomonidan aniqlangan taqdirda ularga jarima jazosini qöllaş huquqi berilmoqda.

Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişda qonuniylikni ta’minlaş va asossiz javobgarlikka tortiş holatlarining oldini oliş maqsadida Milliy gvardiya organlari nomidan Qonunda körsatilgan boşqarma (bölim) boşliqlari va ularning örinbosarlari ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni qörib çiqişga va jarima jazosini qöllaşga haqli ekanligi belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yuqorida keltirilgan özgartişlar kiritilişi munosabati bilan jamoat tartibiga tajovuz qiluvçi huquqbuzarliklar böyiça Milliy gvardiya organlariga huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarni ma’muriy yöl bilan uşlab turiş huquqi berilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.