Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniyaga taşrifi doirasida 3 may kuni uşbu mamlakatning yetakçi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi, Germaniya-Özbekiston işbilarmonlar kengaşi, Germaniya energetika agentligi, CLAAS, Knauf, Siemens Energy, Lasselsberger, Aurubis, Linde Group, Gunter Papenburg, Falk-Porsche-Technik, Mangold Consulting, DB Engineering, Landesbank, Commerzbank, KfW Bank, Deutsche Bank kabi öttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnaşdi.

Bunday formatdagi muloqot ilk bor 2019 yil yanvarida, davlat rahbarining Germaniyaga taşrifi doirasida bölib ötgan edi. Şundan söng, Özbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça bir qator yuqori texnologik loyihalar işga tuşirildi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklik sezilarli ravişda faollaşdi.

Mirziyoyev uçraşuvni oçar ekan, Germaniya bilan munosabatlarda yuksak işonç va özaro hurmat qaror topganini alohida qayd etdi.

Prezident uşbu taşrif davomida erişilgan muhim kelişuvlar va istiqbolga möljallangan rejalarni amalga oşirişda asosiy rolni aynan işbilarmon doiralar öynaşi mumkin va lozimligini ta’kidladi. Özbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng kölamli va jiddiy tebranişlar şaroitida Germaniya biznesi uçun samarali va işonçli makon bölişga tayyorligini aytdi.

- Xorijiy investor Özbekiston deganda, birinçi navbatda, barqarorlik, işonçlilik va kelajak uçun xotirjamlikni köz oldiga keltirişi lozim, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda özini erkin va dadil his etişi uçun barça şaroitlarni yaratişga tayyormiz. Germaniyaning ilğor işlanmalari va innovatsion texnologiyalarni Özbekistonning resurslari va inson salohiyati bilan birlaştirsak, katta natijalarga erişa olamiz.

Xabarga köra, Germaniya kompaniyalari rahbarlari aniq takliflarini aytdi. Ustuvor sohalarda yuqori texnologik va innovatsion yeçimlarni joriy qilgan holda amaliy hamkorlikni davom ettiriş va kooperatsiyani kengaytirişga tayyorligini bildirdi.