Ukraina uçun birgalikda öq-dorilar xarid qiliş va Yevropa davlatlari armiyalari zaxiralarini 1 milliard yevroga töldiriş qarori 3 may, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elçilari darajasida ma’qullandi.
Murosa matni şuni körsatadiki, uşbu dastur doirasida YeI davlatlari töliq Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida işlab çiqarilgan, şuningdek, "YeI yoki Norvegiyada yiğilgan" artilleriya snaryadlari va raketalarini sotib oladi, dedi Bryusseldagi rasmiy DW naşriga.
Avvalroq, qöşma xaridlar rejasini tasdiqlaş Fransiya tomonidan tösib qöyilgani ma’lum bölib, u öq-dorilarni işlab çiqariş va yetkazib berişning barça zanjirlari Yevropa bölişini ta’kidlagandi. Misol uçun, agar işlab çiqariş Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida joylaşgan bölsa va porox Janubiy Koreyada işlab çiqarilgan bölsa, Parij buni nomaqbul deb hisoblaydi.
Bu Ukrainani snaryadlar va raketalar bilan zudlik bilan ta’minlaş, şuningdek, YeIga a’zo davlatlarning öz zaxiralarini töldiriş uçun möljallangan Bryussel rejasi ikkinçi qismidir. Birinçi qism Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zaxiralaridan allaqaçon mavjud bölgan öq-dorilarni Kiyevga zudlik bilan yetkazib berişni, ikkinçisi - Ukrainani yanada ta’minlaş va zaxiralarni töldiriş uçun qöşma xaridlarni öz içiga oladi. Yevrokomissiya dastlabki ikki bosqiç uçun bir milliard yevro ajratişni taklif qildi, uning birinçi bosqiçi allaqaçon YeI kengaşi tomonidan ma’qullangan.
Kelişuvning rasmiy varianti 4 may kuni keçqurun qabul qilinadi va 5 may kuni e’lon qilinadi, deb xabar berdi DW Bryusselda.
Avvalroq, 3 may kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqining işlab çiqariş quvvatini oşiriş hamda öq-dorilar, raketalar va ularning tarkibiy qismlari taqçilligini bartaraf etişga qaratilgan öq-dorilar işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş böyiça qonunçilik taklifini ma’qullagan edi.


















