Aprel oyida 262 ta holatda ulgurji iste’molçilar tomonidan 29,7 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Noqonuniy foydalaniş holatlari iste’molçilar toifasi böyiça tahlil qilinganida:

- Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida 4 ta holatda 0,5 mlrd söm;

- issiqxonalarda 3 ta holatda 0,8 mlrd söm;

- işlab çiqariş korxonalarida (asfalt, ohak, gips, çinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 43 ta holatda 10,8 mlrd söm;

- umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida 45 ta holatda 0,4 mlrd söm;

- boşqa ulgurji iste’molçilar tomonidan 167 ta holatda 16,4 mlrd sömlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgani aytilmoqda.