3 may kuni Bo‘ka tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolardan biri Toshkent viloyati hokimiga vazir bo‘lish istagida ekanini aytib, bu boradagi murojaatlaridan natija bo‘lmayotgani, shu sababli prezident bilan uchrashganda uni vazir lavozimiga tavsiya qilishini so‘radi.

“Prezidentga ikki yildan beri aloqa vaziri lavozimiga da’vogar ekanim to‘g‘risida murojaat qilib kelaman. Har safar yozganimda vazirlik faoliyatiga qanday o‘zgartirishlar kiritmoqchi ekanimni izohlab berganman”, deydi Saydulla Jo‘rayev ismli murojaatchi.

Zoyir Mirzayev erkakning so‘zlarini tinglar ekan: “Bu lavozim vakant emas-ku” deya ta’kidlagan. Vazir bo‘lish istagidagi fuqaro bunga qanday javob bergani noma’lum, chunki Toshkent viloyati hokimligining Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan videodan murojaat muallifining so‘zlarini eshitib bo‘lmadi.

“O‘zi amalparast emasman. Men bilan hech bo‘lmasa suhbat ham qilinmayapti. Men aloqa vazirligi bo‘lmoqchiman deb yozgan arizalarimni vazirlikning o‘ziga jo‘natishyapti. Yoki GISga (Davlat aloqa inspeksiyasining rus tilidagi qisqartmasi – tahr.) jo‘natadimi-yey. Nuqul shunaqa sansalor bo‘lib yotibdi”, deydi murojaatchi.

Saydulla Jo‘rayev
Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Fuqaro bilan muloqot davomida viloyat hokimi undan prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi haqida ma’lumotga egami yoki yo‘q, uning manzilini bilish-bilmasligini so‘ragan. U tashkilot haqida ma’lumotga ega ekanini bildirgan.

Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Muzaffar Oripovni yoniga chaqirgan.

“Agentlikka Otabek Hasanov ismli yigit rahbarlik qiladi. Milliy kadrlar zaxirasini u shakllantiradi. Nomzodlarni o‘qitadi, tayyorlaydi, taqsimlaydi. Hozir viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Muzaffar Oripov sizga kerakli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi”,