Berlin ma’muriy sudi politsiyaning 8 va 9 may kunlari Treptov-park, Tirgarten hamda Şyonxolser-Xayddagi sovet yodgorliklariga Ukraina bayroqlarini örnatişga qöygan taqiqini bekor qildi. Bu haqda 5 may, juma kuni keçqurun taqiq ustidan şikoyat qilgan Ukraina mahalliy taşkiloti va uning advokati xabar berdi.
"Biz birinçi instansiya majlisida ğalaba qozondik. Hozirdan boşlab Ukraina bayroqlari va ukrain qöşiqlariga qöyilgan taqiq bekor qilindi", deb yozdi asosan Germaniyadagi ukrainaliklarni birlaştirgan Vitsche taşkiloti Twitter’da.
Sud qarori faqat Ukraina bayroqlari va harbiy musiqalarga taalluqli - Rossiya bayroqlari taqiqlanganligiça qolmoqda, deb yozadi rbb. Media-kompaniya ixtiyorida bölgan hujjatda aytilişiça, Berlin politsiyasi qarori “jamoat xavfsizligiga tahdid borligini körsatuvçi heç qanday dalil” keltirmagani uçun “öz-özidan noqonuniy”.
Vitsche advokati Patrik Haynemann Berlin ma’muriy sudi Ukraina taşkilotining huquqiy pozitsiyasini tasdiqlaganini izohladi. “Ukraina xalqi va uning tarixiy qurbonlarini qöllab-quvvatlaşni oçiq e’lon qiliş uçun özining asosiy huquqidan foydalangan kişi jamoat xavfsizligiga tahdid solmaydi”, dedi rbb'ga u.
Berlin politsiyasi Twitter’da sud qarori ustidan şikoyat qilmoqçi emasligini ma’lum qildi.

















