Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tartibsiz navbatlar yuzaga keldi. Oliygoh izoh berdi
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi tartibsiz navbatlar sirtqi fakultet talabalarining imtihon topshirish jarayonida yuzaga kelgan. Navbatlar muddatidan oldin imtihon topshirmoqchi bo‘lgan talabalar va qayta imtihon topshiruvchilar sabab paydo bo‘lgan.

Videodan kadr
5 mayda ijtimoiy tarmoqlarda TDIU talabalari imtihon topshirish jarayonida tartibsiz navbatda turgani aks etgan videolar tarqalgandi.
Holat yuzasidan universitet ma’muriyati rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, TDIU sirtqi fakultet talabalarining imtihon topshirishlari uchun qulay vaqt sifatida 3 kun — 5, 6 va 7 may kunlari soat 07:00dan 00:00gacha imtihonlar belgilangan bo‘lgan.
“Ammo shunga qaramay, talabalar viloyatlariga vaqtliroq, aniqrog‘i, bugunning o‘zida qaytib ketish maqsadida imtihonga kirishda tartibsizlikka yo‘l qo‘yishgan. Ular orasida imtihon topshirib, o‘ta olmagach, qayta topshirishni istaganlar ham bo‘lganligi tufayli navbat kutayotganlar soni ortib ketgan”, – deyiladi munosabatda.
Ma’lum bo‘lishicha, tartibsizlik bartaraf etilgan, vaziyat barqarorlashgan. Oliygohning sirtqi fakultetida imtihonlar 7 maygacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

10:10 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi

14:50 / 20.02.2025
2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi – bu qanchalik real?

13:34 / 11.02.2025
2025 yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

14:40 / 08.02.2025