Ukraina bilan uruş Rossiyada 2024 yilda ötadigan prezidentlik saylovlariga qanday ta’sir qiladi? Uruş saylovgaça tugaydimi? Putin öziga voris tanlaydimi? Rossiyalik siyosatşunos bu borada öz qaraşlari, uruş qanday oqibatlar olib kelişi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Vladimir Putin saylovda ovoz bermoqda. 2019 yil. Foto: Komsomolskaya Pravda / Global Look Press

Rossiya prezidentlik saylovlarigaça bir yildan kamroq vaqt qoldi — u 2024 yil martida ötişi kerak. «Kommersant’» naşri ma’lumotlariga köra, Kreml allaqaçon saylov kampaniyasiga tayyorgarlikni boşlab yuborgan. Prezident administratsiyasidagi mulozimlar uruşga qaramasdan saylov ötişi va unda Vladimir Putin iştirok etişidan kelib çiqişmoqda.

Siyosatşunos Tatyana Stanovaya jurnalist Farida Kurbangaleyevaga «maxsus harbiy amaliyot» şaroitida prezident saylovi qanday bölişi, unda Vladimir Putinning vorisiga örin topilişi yoki yöqligi, agar uruşda mağlubiyatga uçralsa, Rossiya nega Ğarb bilan qayta döstlaşişdan umid uzişi kerakligi haqida sözladi.

«Putin özgaça olamda yaşaydi: u yerda u allaqanday tarixiy missiyani amalga oşirmoqda»

— Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin hozirça 2024 yilgi saylovlarda qatnaşiş haqida bir qarorga kelmaganini aytdi. Sizningça, çindan ham u hali bu borada qaror qabul qilmaganmi yoki muğombirlik qilyaptimi?

— Men faqat şuni aytişim mumkinki, Putin hokimiyat tepasida bölib turgan ötgan 23 yil mobaynida ommani sönggi daqiqalargaça noaniqlikda uşlab turişni xuş köradi. Bu borada heç bir yangilik körmayapman. Menimça, uning real rejalaridan dekabr oyida voqif bölamiz, eng yomon holatda esa yanvarda. Bungaça uning pozitsiyasi quyidagiça böladi: «Biz saylovlarni öylamasdan, işga diqqatni jamlaşimiz kerak». Toki Putinda Ukraina bilan boğliq vaziyatni tuşunişda jiddiy özgarişlar bölmas ekan, uning ketiş imkoniyati pastligiça qolaveradi.

— Putin uçun saylovgaça nima muhim: uruşni tugatişmi yoki qandaydir körinişda saqlab qoliş?

— Menimça, bu uning uçun bir biriga boğliq bölmagan ayriça ikki narsa. Bir an’anaviy demokratik ohangda fikrlaşga könikib qolganmiz: kun tartibi, saylovçilar, saylovoldi dasturi bor, deb. Putin esa özgaça olamda yaşamoqda: u yerda u allaqanday tarixiy missiyani amalga oşirmoqda.