Ukrainada uruşning 438-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Anneksiya qilingan Sevastopol gubernatori Mixaylo Razvojayev tunda Qrimga 10 ta dron bilan hujum uyuştirilgani haqida ma’lum qildi. Keyinroq mudofaa vazirligi Rossiya qöşini Qora dengiz akvatoriyasida ukrainlarning 22 ta uçuvçisiz uçar qurilmasi urib tuşirilgani haqida xabar berdi. Hujum vaqtida jabrlanganlar yöq. Ukraina bu hujum yuzasidan izoh bermagan.
- FXX Ivanovskaya oblastidagi harbiy aerodromga dronlar hujumining oldi olingani, Tula oblastida Ukraina mudofaa vazirligi boş razvedkasi boşqarmasi tomonidan yollangan diversiya guruhi a’zolari qölga olingani haqida xabar berdi. Ukraina bu ma’lumotni izohlamagan.
- Yevgeniy Prigojin RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHKga Baxmutda harbiy harakatlarni davom ettiriş uçun öq-dori berişni va’da qilganini aytdi. Bu Prigojin uning jangçilari 10 may kuni Baxmutni tark etişi, çunki «öq-dorilarsiz ular ölimga mahkum ekani»ni aytişi ortidan röy berdi. Sergey Şoygu 5 may kuni mudofaa vazirligiga «maxsus harbiy amaliyot» hududida qurol yetkazib beriş masalalarini «alohida nazoratda uşlaş» böyiça topşiriq bergan. «Vagner» XHK harbiy harakatlar hududida qoliş-qolmasligi oxirigaça ayon emas.
Kun kadri. Xarkiv oblastidagi vayron bölgan köprik

Vincenzo Circosta / ZUMA Wire / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi janglar
























