Ötgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan sovuq havo massasi Özbekiston hududidan şiddat bilan çekinmoqda.

«Özgidromet» xabariga köra, bugun kunduz kuni respublika böyiça kam bulutli va quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Kunning örtasiga borib, havo +12...+15 darajagaça isiydi.

28 fevral va 1–2 mart kunlari Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim tumanlarida 2 mart kuni ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati asta-sekin kötariladi va 2 martda keçasi +2...+7 darajani, kunduzi +17...+22 darajani taşkil etadi.

Respublikaning toğli hududlarida 27–28 fevral kunlari qor köçişi xavfi bor.

3 martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelişi kutilmoqda. Respublika hududi böyiça bulutlilik kuçayadi, toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va +12...+17 darajani taşkil etadi.

2–3 mart kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi kutilmoqda.

Poytaxtda 27-28 fevral va 1-2 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +11...+13 daraja böladi, söng harorat asta-sekin kötariladi va 2 mart kuni +19...+21 darajani taşkil etadi.