Slovakiyaning yangi hukumatiga Lyudovit Odor boşçilik qiladi. Bu haqda 7 may, yakşanba kuni Slovakiya prezidenti Zuzana Çaputova telemurojaatida ma’lum qildi. Slovakiya Milliy banki rahbari örinbosari Odor avvalroq iste’foga çiqiş niyatini e’lon qilgan hukumat rahbari vazifasini bajaruvçi Eduard Xeger örnini egallaydi.

Çaputova yangi muvaqqat hukumatni 15 maydan söng tayinlaşini, parlament fraksiyalari bilan maslahatlaşuv ötkazişini aytdi, deb xabar berdi Reuters. 15 maygaça Xeger öz lavozimida qolişi kerak. "Men Slovakiyani yangi muvaqqat hukumat bilan erkin va demokratik saylovlarga olib borişni prezidentga qoldiraman", dedi Xeger.

Slovakiyada muddatidan oldin parlament saylovlari 30 sentabr kuni bölib ötadi.

Sönggi kunlarda mamlakatda siyosiy inqiroz kuçaygan. Slovakiya qişloq xöjaligi vaziri Samuel Vlçan moliyaviy mojaro tufayli iste’foga çiqdi. Slovakiya ommaviy axborot vositalari uning oilasiga aloqador kompaniya davlatdan 1,4 million yevrodan (1,5 million dollar) ortiq miqdorda qaytarilmaydigan subsidiyalar olganini xabar qildi. Şundan söng, taşqi işlar vaziri Rastislav Kaçer sabablarga aniqlik kiritmasdan, prezidentga iste’foga çiqiş töğrisida maktub yölladi.

Dekabr oyida Xeger koalitsion hukumati işonçsizlik votumini oldi. Öşandan beri boş vazir öz lavozimida vazirlar mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvçi sifatida qolmoqda.