Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Samarqand va Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishiga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston Energetika vazirligida Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht boshchiligidagi delegatsiya a’zolari va energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hozirgi kunda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati muhokama qilindi.
Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lib, hozirda moliyaviy yakunlanish choralari ko‘rilayotgani qayd etildi. Shuningdek, kompaniya tomonidan hamkorlik aloqalarini boshqa yo‘nalishlarda ham kengaytirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani bildirildi.
Total Eren kompaniyasi tomonidan 2022 yil may oyida Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilganligi uchun mazkur stansiyaning quvvatini yana 100 MVtga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, kompaniya Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida har birining quvvati 450 MVtdan bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishiga qiziqish bildirmoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish choralari masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida Bureau Veritas va Technip kompaniyalari bilan ilmiy-tadqiqot va muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlik va Aksens kompaniyasi bilan birgalikda mamlakatda katalizatorlarni ishlab chiqarish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026