Ukrainada uruşning 439-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya 8 mayga ötar keçasi Ukraina böylab zarbalar yölladi. Kiyevda dron parçalari köp qavatli uyga tuşgan, tinç aholi vakillaridan beş kişi jabrlangan. Odessa yaqinida raketa zarbasi oqibatida Qizil Xoç insonparvarlik yordamlari saqlanayotgan omborxona yonib ketgan, qöriqçi halok bölgan. Rossiya tomoni bu hujumlar yuzasidan izoh bermadi.
- Yevroittifoq Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalaniş mumkin bölgan uskunalar yetkazib berilgani uçun Xitoyga qarşi sanksiyalar qöllaşni taklif qildi. Xitoy YeIni «xatoga yöl qöymaslik»ka çaqirdi.
- Volodimir Zelenskiy Xotira va natsizm ustidan ğalaba kunini 8 mayda nişonlaşni taklif etdi. Bundan taşqari, prezident imzolagan farmonga köra, 9 may Ukrainada Yevropa kuni böladi — Yevroittifoq mamlakatlarida xalqaro tinçlik va birdamlik bayrami.
- Belgorod oblastida Şebekino va Valuyki şaharlari, şuningdek Kaznaçeyevka va Biryuç qişloqlari öqqa tutildi. Şebekinoda tinç aholi vakillaridan beş kişi jabrlangan. Mahalliy rasmiylar bu hujumda Ukraina qurolli kuçlarini ayblagan. Ukraina bu ma’lumot yuzasidan munosabat bildirmadi.
Kunning asosiy voqeasi. Ukraina böylab zarbalar
8 mayga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuçlari qömondonligi xabar berişiça, 35 ta Shahed rusumli dronlar Bryansk oblastidagi Seşça aerodromidan uçib kelgan — ularning barçasi urib tuşirilgan. Kiyev meri Vitaliy Kliçko dronlar soni 60 ta bölgani va ularning 36 tasi poytaxt tomon harakatlangani haqida xabar berdi. Uçuvçisiz uçar qurilmalar havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida yöq qilingan.
Kiyevda, mahalliy rasmiylarga köra, tinç aholi vakillaridan beş kişi jarohat olgan, avtomobillar va şahar ğarbidagi Svyatoşinskiy rayonidagi turar joylar şikastlangan.
Bundan taşqari, 7 may kuni keçqurun RF armiyasi Odessa oblasti böylab raketa zarbasi yölladi. Qora dengiz sohilidagi oziq-ovqat korxonalaridan birining ombori va dam oliş zonasi öqqa tutildi. Omborxonada çiqqan yonğin oqibatida, Odessa rayon harbiy ma’muriyati 8 may kuni bergan ma’lumotga köra, omborxona qöriqçisi halok bölib, tinç aholi vakillaridan uç kişi jabrlangan.
Keyinroq ma’lum böldiki, raketa zarbasi oqibatida Qizil Xoçning Odessa yaqinidagi Ukraina bölimi omborxonasi töliq vayron bölgan. Yonğin bu yerda saqlangan insonparvarlik yordamlarini töla yakson etgan, natijada Qizil Xoç regiondagi faoliyatini töxtatgan.



























