Toşkentda boks böyiça jahon çempionatining 9-kuni ötkazildi. Seşanba kungi bahslarda muxlislarning asosiy e’tibori özbekistonlik çarmqölqop ustalari iştirokidagi beşta jangga qaratildi.
«Humo arena»dagi kunning hamyurtlarimiz iştirokidagi dastlabki jangida Hasanboy Dösmatov nimçorakfinalda Erislan Romeroga qarşi ringga kötarilib, 51 vazn toifasidagi kubalik boksçini turnirdan çiqarib yubordi – 5:0.

71 kg vazn toifasida esa Saidjamşid Ja’farov Gabriel Lanosga qarşi jang qilişi lozim edi. Ammo puerto-rikolik boksçi özbekistonlik raqibiga qarşi jangdan boş tortdi. Natijada, Saidjamşid avtomatik ğalaba bilan çorakfinalga yöl oldi.

Uçinçi jangda 54 kg vazn toifasida Oybek Jörayev albaniyalik Ariol Zeneliga qarşi ringga kötarilib, raqibiga imkoniyat qoldirmadi – 5:0.

67 kg vazn toifasida Asadxöja Möydinxöjayev turnirdagi 2-jangini belaruslik Kiril Samadurauga qarşi ötkazib, hamyurtlarimizning kun davomidagi 4-ğalabasini qayd etdi.

Kunning 5-jangida 75 kg vazn toifasidagi A’loxon Abdullayev serbiyalik Almir Memiçga qarşi ringga kötarildi. Uç raundning ikkitasini öz foydasiga hal qila olgan hamyurtimiz çorakfinalga yöllanma oldi.

JÇ-2023. Özbekistonlik boksçilarning 9 may kungi natijasi:
















