Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan siyosiy vaziyat sabab ayrim internet manbalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 30 aprel-14 may kunlari Toşkentda bölib ötadigan boks böyiça jahon çempionati haqida noxolis xabarlar tarqalmoqda, deya yozadi Özbekiston boks federatsiyasi.

Taşkilotning ma’lum qilişiça, Özbekiston musobaqani qabul qiliş huquqini qölga kiritgan vaqtda milliy jamoalarning xalqaro turnirlardagi iştiroki böyiça bugungi çeklovlar bölmagan.

«Har ikki yilda bir marta ötkaziladigan kattalar örtasidagi jahon çempionati Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan taşkil etiladi. Özbekiston tomoni musobaqada iştirok etiş uçun röyxatdan ötgan mamlakatlarning qatnaşiş yoki qatnaşmasligini belgilaş vakolatiga ega emas. Özbekiston musobaqani ötkazuvçi davlat hisoblanadi va taşkiliy masalalar bilan şuğullanadi. 

Çempionat qatnaşçilari, terma jamoalar, sportçi va murabbiylar, hakamlarni röyxatdan ötkaziş IBA tomonidan amalga oşiriladi. Mamlakatimiz musobaqani qabul qiliş huquqini qölga kiritgan vaqtda terma jamoalar yoki sportçilarning xalqaro turnirlardagi iştiroki böyiça bugungi çeklovlar yöq edi.

Özbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvçi davlat bölib, sport siyosatdan xoli tamoyilini qöllab-quvvatlaydi», - deya vaziyatga oydinlik kiritgan taşkilot.

Avvalroq, AQŞ boks federatsiyasi ortidan Çexiya va Irlandiya ham musobaqada iştirok etmasligini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Kanada ham şunday qarorga yaqinligi haqida ma’lum qilingandi. Bunga sabab sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «yaqinligi» va taşkilotning «Gazprom»ga «qaramligi» körsatilgan edi.

Bundan taşqari, IBA tomonidan Rossiya va Belarus boks federatsiyalariga qöyilgan sanksiyalarning yumşatilişi ham bunga asosiy sabab sifatida körsatilyapti.