Bakalavriat ta’lim bosqiçiga hujjat topşirayotgan abituriyentning çet tili sertifikati B2 bölsa, unga çet tili blogidan maksimal ball beriladi. Undan pastroq sertifikatlar, masalan, B1 sertifikati qabul qilinmaydi.

Çet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi. Masalan, ingliz tili abituriyentning birinçi fani bölsa, unda 93,0 ball, ikkinçi fani bölsa, 63,0 ball naqd degani.

Sertifikatlar qanaqa bölişi kerak?

ingliz tili uçun — IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari yoki milliy imtihon tizimi sertifikatlari bölsa, B2 daraja;

  • yapon tili uçun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uçun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uçun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
  • boşqa tillar uçun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori.

Darajasi pastroq sertifikat topşirib ham qançadir ball oliş mumkinmi?

Buning imkoni yöq. Sababi OTMga hujjat topşirişda sertifikatga oid ma’lumotlar onlayn platformaga yuklangaç Bilim va malakalarni baholaş agentligi ularning har birining haqiqiyligi va darajasi mos kelişini tekşiradi.

Masalan, ötgan yilgi qabulda abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod çet tili sertifikati yuklangan bölsa, ularning 955 tasi talabga javob bermasligi aniqlangan.

56 ta sertifikat esa qalbaki tarzda abituriyentlarning özlari tomonidan yasalgan. Bunday sertifikatlar haqida sobiq Davlat test markazi (hozirda Bilim va malakalarni baholaş agentligi) huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qilgan. Şuning uçun sertifikatni soxtalaştiriş haqida umuman öylamagan ma’qul.