9 may kuni soat 21:25 da Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi aholiga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi hududida portlaş sodir böldi. Portlaş oqibatida hududdagi konteynerlar, ma’muriy binolar va bir neçta texnikalar zararlangan. Kun.uz muxbiri voqea joyidan reportaj tayyorladi.

10 may kuni soat taxminan 2:00 larda yonğin öçirilgan, xavf bartaraf etilgan va tozalaş işlari olib borilayotgandi. Hodisa joyida bölib turgan “Hududgaz Samarqand” gazta’minot filiali direktor örinbosari Xurşid Meliyevning aytişiça, odatdagi kunda uşbu hududda 15 nafar işçi-xodimlar mehnat qilib kelgan.

“Bugun bayram kuni bölgani uçun qorovul va ikki nafar işçimiz şu yerda bölgan ekan. Bir nafar işçimiz kuyiş tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketildi. Yettita texnikamiz qisman, bittasi töliq zarar kördi. Ma’muriy binolar ham yonğin va portlaş zarbi hisobiga zararlandi”, – dedi Meliyev.

Portlaş va yonğinga guvoh bölib qolgan mahalliy aholidan ma’lumot olişga harakat qildik.

Ma’lum bölişiça, portlaş bir neça marta takrorlangan. Aholi avvaliga toğda kon portlatilyapti, degan tasavvurga borgan. Biroq yaqin hududda katta yonğin paydo bölgani, qattiq zarb ta’sirida uylar zirillab ketgani odamlarni tahlikaga solib qöygan.

“Neftbaza ham gaz töldiriş şoxobçasi bilan deyarli yonma-yon joylaşgan, hammamizni xudo asradi. Agar qattiqroq şamol yoki biror falokat bölganida heç birimiz omon qolmasdik”, – deydi hududda istiqomat qiluvçilardan biri.

Paxtaçi tuman tibbiyot birlaşmasiga olib ketilgan gaz idorasi vakilining holatini biliş maqsadida birlaşmada ham böldik.