Jahon iqtisodiy forumining kelajak ish o‘rinlari haqidagi hisobotiga ko‘ra, keyingi besh yilda hozir mavjud ish o‘rinlarining 23 foizi o‘zgarishga uchraydi: 69 mln ish o‘rni yaratilishi, 83 mln ish o‘rni esa yo‘q bo‘lib ketishi kutilyapti. Bu global miqyosda ish o‘rinlarining 14 mlni, ya’ni 2 foizi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini anglatadi.

Qisqaradigan ish o‘rinlari, kasblarning yo‘qolib ketishiga sun’iy intellekt, ilg‘or texnologiyalar xodimlar bajaradigan vazifalarni qila boshlagach, inson mehnatiga hojat qolmasligi sabab bo‘ladi.

Masalan, sun’iy intellekt namunasi bo‘lgan ChatGPT AQShda 4,8 mln ish o‘rnini egallashi prognoz qilinyapti

Yo‘qolib ketish xavfidagi kasblar

ChatGPT va shunga o‘xshash sun’iy intellekt ishlanmalari sabab quyidagi kasblar to‘liq yoki qisman yo‘qolib ketish xavfida:

  • texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilchilari);
  • ommaviy axborot vositalaridagi ish o‘rinlari (bosh direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
  • yuridik sohadagi ish o‘rinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
  • marketologlar;
  • o‘qituvchilar;
  • moliyaviy ish o‘rinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
  • treyderlar,
  • grafik dizaynerlar;
  • buxgalterlar,
  • qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari.