Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Uluğbek Abdufattohoviç Abduğaniyev Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uluğbek Abduğaniyev 2008 yil Toşkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, mehnat faoliyatini Bekobod tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasida jarroh-şifokor sifatida boşlagan.
Keyinçalik Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining kattalar qabul bölimi va jarrohlik bölimi jarrohi, Toşkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi xirurgiya bölimi şifokori, Bekobod tumani tibbiyot birlaşmasi boşliği hamda Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari kabi vazifalarda xizmat qilgan.
39 yoşli U. Abduğaniyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari kotibiyatida şu’ba boş mutaxassisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
Toşkent viloyati SSBga 2018 yil yanvaridan buyon Töraqul Arziqulov rahbarlik qilib kelayotgandi. U endi qaysi lavozimga ötkazilgani ma’lum emas.

















