Toşkent şahrida 9 may kuni bir guruh şaxslar «Birodarlar qabristoni»da SSSR va Özbekiston SSR bayroği ostida yuriş qildi. Bu haqda özbekistonlik bloger Nikita Makarenko xabar berdi.
«Keça Bratskixda («Birodarlar qabristoni») jiddiy tarzda «örtoq Stalinga ura!» xitoblari va Özbekiston SSR bayroği ostida yuriş qilişdi. Qodiriy, Fitrat va boşqa minglab yurtdoşlarimizning qotili uçun urami?», deb yozdi bloger.
Xabarga ilova qilingan videolavhada sovet jangçisi formasini kiygan va qölida qizil bayroq uşlagan yigitning «Tovarişçu Stalinu ura» (Örtoq Stalinga ura), «Generalissimusu pobeditelyu ura» (Ğolib generalissimusga ura) deb baqirganini, yuriş qilayotganlar esa xitobni takrorlaganini köriş mumkin.
Şu bilan birga, yurişda iştirok etganlar orasida voyaga yetmagan bolalar ham közga taşlanadi.
Blogerning ta’kidlaşiça, yurişda 100-200 atrofida odam iştirok etgan.
«Faqat bir narsa quvontiradi — Stalinning aşaddiy muxlislari u qadar köp töplangani yöq — 100-200 atrofida», deb yozdi u.
Toşkent şahar ma’muriyati, poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi va boşqa mas’ul idoralar hozirça voqeaga rasmiy munosabat bildirmadi.

















