Tramp jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi
Sobiq prezident Donald Tramp sud tomonidan yozuvchi va jurnalist Elizabet Jin Kerrollni jinsiy zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi. U jabrlanuvchiga umumiy hisobda 5 million dollar miqdorida tovon puli to‘laydi.
Manhetten federal hakamlar hay’ati Donald Tramp 1996 yilning bahorida hashamatli univermagning kiyim almashtirish xonasida Elizabet Jin Kerrollni zo‘rlaganini aniqladi. Bu haqda CNN yozdi.
Kerrollning ta’kidlashicha, Tramp uni Bergdorf Goodman univermagida zo‘rlagan. So‘ngra bu haqdagi da’vosini rad etib, tuhmat qilgan. Shuningdek, o‘z didiga mos kelmasligini aytib, kitobi sotuvlarini ko‘paytirish uchun bu voqeani o‘ylab topganlikda ayblagan.
Tramp bu ayblovlarning barchasini rad qilib kelayotgan edi.
Kerroll 2022 yilning noyabr oyida Nyu-York shtatining yangi qonunidan foydalanib sudga murojaat qildi. Bu qonun jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari uchun muddatni olib tashladi. Ya’ni, jabrlanuvchilarga uzoq yillar oldin sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha ham sudga murojaat qilish imkoni berildi.
Tramp sudda qatnashmadi. Fuqarolik ishi bo‘yicha har qanday sudlanuvchi singari, u sud mahkamasiga kelishi shart emas va o‘z himoyasida guvohlik bermaslik huquqiga ega.
Endi Tramp ishni tinch hal qilish doirasida Kerrollga 2 million dollar to‘laydi. Shuningdek, jurnalistga tuhmat qilgani va obro‘sizlantirgani uchun yana 3 million dollar beradi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
17:00 / 09.11.2024