Armaniston va Ozarboyjon bir-birini öz hududlarini öqqa tutişda aybladi. 11 may, payşanba kuni Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarboyjon qöşinlari Armaniston şarqidagi Sotk aholi punkti yönalişidagi arman pozitsiyalarini artilleriya va minomyotlardan öqqa tutgani, natijada ikki arman askari yaralangani haqida xabar berdi.
Xabarda qayd etilişiça, “Armaniston qurolli kuçlari bölinmalari tegişli mudofaa çoralarini körmoqda”. Armaniston Mudofaa vazirligi, şuningdek, Ozarboyjon mudofaa vazirligining arman askarlari otişma boşlagani, natijada bir ozarboyjonlik askar yaralangani haqidagi xabarini dezinformatsiya deb atadi.
Öz navbatida, Ozarboyjon Mudofaa vazirligi arman qöşinlarini sulhni buzganlikda va qasddan provokatsiyada aybladi. "Armaniston Qurolli kuçlari bölinmalari Basarkeçyar viloyatining Zod yönalişidagi pozitsiyalaridan Ozarboyjon armiyasini turli öqotar qurollaridan intensiv öqqa tutdi. Duşman tomonidan nişonga olingan öqlar natijasida ozarboyjonlik harbiy xizmatçi oğir yaralangan”, — deyiladi Ozarboyjon harbiy idorasi bayonotida.
Xabarda, şuningdek, Ozarboyjon hududini öqqa tutiş davom etayotgani, “Armaniston Qurolli kuçlari yirik kalibrli qurol va minomyotlardan faol foydalanayotgani” aytilgan.
Şu bilan birga, Ozarboyjonning harbiy yangiliklarga ixtisoslaşgan Caliber naşri Armaniston çegaradagi Ozarboyjon pozitsiyalariga zarba beriş uçun kamikadze dronlardan faol foydalanayotganini yozmoqda. Dronlar Eronda işlab çiqarilgan bölişi mumkin bölgan, kamida beşta kuçli portlaş qayd etilgan.
Ikki sobiq sovet respublikasi - Armaniston va Ozarboyjon - asosan etnik armanlar yaşaydigan Ozarboyjonning Toğli Qoraboğini nazorat qiliş uçun önlab yillar davomida kuraşib keladi.
Ozarboyjon va Armaniston prezidentlari Ilhom Aliyev va Nikol Paşinyan 14 may, yakşanba kuni Bryusselda mojaroni tartibga solişga erişiş uçun uç tomonlama uçraşuv ötkazadi.












