Moskva "uruşning 15-oyida", aslida esa uni "uç kun davom etadi", deb hisoblagandi, dedi Bauer.
"Goliaf tebranmoqda. Buning sababi, dunyoning 50 ta davlati tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan David katta çidamlilik va taktik mahorat namoyiş etdi", - deya NATO Harbiy qömitasi rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan dpa agentligi.
Avvalroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg CNN telekanaliga bergan intervyusida Şimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi uruşda Rossiya qurolli kuçlarini past baholamasligi kerakligini aytgandi.
«Biz heç qaçon rossiyaliklarni past baholamasligimiz kerak. Front çiziği uzoq vaqt davomida özgarişsiz holatda edi. Rossiya qöşinlari rejalaştirilgan qarşi hujumni qaytariş uçun muhim mudofaa çiziğini yaratişga muvaffaq böldi», deb tuşuntirdi Stoltenberg.
NATO boş kotibi Ukraina armiyasi hujumkor harakatlarining ehtimoliy istiqbollari haqida gapirmadi, çunki hali buning vaqti kelmaganini aytdi.


















