Qayd etilişiça, Qora dengizdagi kemalar orasida, jumladan 3 ta “Kalibr” qanotli raketa taşuvçisi ham mavjud.
Şu bilan birga, Azov dengizida Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining 2 ta kemasi, Örta Yer dengizida esa 5 tagaça kemasi, şu jumladan, bitta "Kalibr"larga ega raketa taşuvçi bor, deya qöşimça qildi Ukraina tomoni.
Avvalroq Rossiya Qora dengiz floti kemalari Mikolayivga raketa zarbalari bergandi.
27 aprelga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Mikolayivni öqqa tutdi, şaharga 4 ta "Kalibr" raketalari otildi, deb xabar berdi şahar rahbari Aleksandr Senkeviç. Dekabr oxiridan beri Mikolayivda bunday hujumlar bölmagan, dedi u OAV efirida.
Senkeviçning sözlariga köra, raketalar turar joy binolariga tuşgan, zarba berilgan joy yaqinida harbiy obektlar yöq, hozirda şaharda ham harbiylar deyarli qolmagan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, raketa hujumi natijasida bir kişi halok bölgan, 23 kişi, jumladan bir bola jarohatlangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy "Kalibr" raketalari Qora dengizdan uçirilganini, "yuqori aniqlikdagi qurollar xususiy uylar, tarixiy bino va köp qavatli binoga qaratilgan"ini aytdi.


















