O‘zbekiston | 12:18 / 12.05.2023
26029
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Asaka Motors O‘zbekistonda EXEED avtomobillari ishlab chiqaruvchi zavod ochilishini e’lon qildi

Foto: YeXeYeD

Taqdimotda premium toifadagi EXEED avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani va Sirdaryoda mazkur avtomobilni ishlab chiqaruvchi zavod ochilishi e’lon qilindi.

 

11 may kuni poytaxtda O‘zbekistonda EXEED avtomobilini yig‘uvchi zavodning ochilishi munosabati bilan EXEED markali premial avtomobilining taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Asaka Motors International Bosh direktori Akromjon To‘xtaboyev, tijorat direktori Saidjon Tursunov, sotuvdan keyingi xizmatlarni ko‘rsatish direktori Timur Irgashev, EXEED brendining O‘zbekistondagi brend menejyeri Elena Visherova hamda “EXEED International” vakili  Louson Xan OAV va jamoatchilik vakillarining savollariga javob berishdi.

EXEED avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori "Asaka Motors International" kompaniyasi hisoblanadi. Asaka Motors vakillari EXEED vakili bilan birgalikda anjuman qatnashchilariga hamkorlikning strategik istiqbollari, butun O‘zbekiston bo‘ylab dillerlik tarmog‘ini kengaytirish haqida gapirib berishdi va sotuvlar boshlanish sanasini ochiqlashdi. Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Toshkentda EXEED Rohat va EXEED Tashkent city avtosalonlari ishga tushadi.

"Biz EXEED'ning O‘zbekiston bozoriga kirish istiqbollarini ijobiy baholaymiz. EXEED premium avtomobil brendi hisoblanib, mahsulotlari Yevropa avtomobil ishlab chiqarishining eng yaxshi an’analari asosida yaratilgan, avtomobilsozlik sanoatining so‘nggi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Shu sababli ular O‘zbekistondagi hozirgi bu sohaning “mohir”lari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Biz tushunamizki, zamonaviy dunyoda ko‘p odamlar uchun mashina nafaqat transport vositasi, balki ish va hatto rohat-farog‘at vositasi hamdir. Shuning uchun EXEED avtomobillarini ishlab chiquvchilari va dizaynerlari avtomobilning xavfsizligi va ishonchliligi ustida ko‘p ishladilar. Ushbu avtomobillar haydash tajribangizni oshiradi, u imkon qadar qulay va xavfsizlikni kafolatlaydigan keng ko‘lamli aqlli tizimlar va texnik-ko‘makchilar bilan jihozlangan”,- Asaka Motors kompaniyasi tijorat direktori Saidjon Tursunov.

Kompaniya vakillari yaqin orada Sirdaryo viloyatida ham EXEED avtomobil yig‘ish zavodi ochilishini ma’lum qilishdi. Yangi zavod mintaqadagi eng zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish obektlaridan biri bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy uskunalardan foydalangan holda EXEED avtomobillarini yig‘adi, yuqori sifatli mahsulotlar va eng yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda EXEED zavodining ochilishi mintaqada avtomobilsozlik sanoatini keskin rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sishni yuksaltirishga xizmat qiladi. Zavodning ochilishi respublika avtomobil bozorida raqobatbardosh muhitni yaratish, avtoishqibozlar uchun tanlovni ko‘paytirishda katta ahamiyatga ega.

"EXEED avtomobil yig‘ish zavodining ochilishi nafaqat kompaniyamiz rivojlanishidagi yangi bosqich, balki O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligimizning dalilidir. Ishonchimiz komilki, bizning loyihamiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi va mintaqada avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi." – dedi Chery International EXEED Uzbekistan savdo bo‘yicha direktori Louson Xan.

EXEED premium o‘zining hayratlanarli dizayni bilan barchaga ma’qul keladi. Chunki avtomobil dizayni nemis avtosanoati yetakchilari tomonidan yaratilgan. Ishlab chiqarish Xitoyning EXEED brendi tomonidan ishlab chiqariladi.

Avtomobil kafolati 7 yil yoki 200 000 km bo‘lib, bu esa avtomobilning yuqori ishonchliligidan dalolat beradi.

Ishqibozlar uchun EXEED avtomobili ayni paytda kompaniya filiallarida test-drayv o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Reklama

Mavzuga oid