Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sian shahriga davlat tashrifi doirasidagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping qo‘shma bayonotni imzoladi.

Davlat rahbarlari 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildi.

Yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida Hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-xitoy hukumatlararo qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘rta ta’lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda go‘shtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv;
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;