Yo‘ldagi EXEED avtomobillari zamonaviy dizayni bilan e’tiborni jalb qiladi, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi, haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi haqida qayg‘uradi, qiziqarli va texnologik yechimlar to‘kinligi bilan quvontiradi.

24 iyunda Asaka Motors kompaniyasi EXEED brendiga mansub premium avtomobillar taqdimotini o‘tkazdi. Bu avtooilaning to‘liq hajmli, flagman VX yo‘ltanlamasi, o‘rtacha hajmli TXL modeli va ixcham LX modeli taqdim etildi.

«Bugun e’tiboringizga Asaka Motors konveyeridan chiqqan ilk EXEED yo‘ltanlamaslarini taqdim etamiz. Avtomobillar yirik uzelli yig‘uv texnologiyasi bo‘yicha Sirdaryodagi zavodda ishlab chiqarilgan, uni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil may oyida ishga tushirib bergandi. Kelajakda to‘liq sikldagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va dilerlik tarmog‘i bilan butun respublikani qamrab olishni rejalashtirganmiz.

Endilikda bizning avtohavaskorlarimiz ham premium toifadagi avtomobillarni manfaatli narxlarda sotib olishlari va sotuvdan keyingi yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishdan foydalanishlari mumkinligidan mamnunmiz», — dedi Asaka Motors bosh direktori Avaz Jalilov.

Tadbirning faxrli mehmonlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Hurram Teshaboyev va EXEED zavodining Xitoydagi bosh direktori Jyeff Lyu bo‘ldilar.

EXEED VX to‘liq hajmli yo‘ltanlamasi: haybatli va salobatli bu modelning texnologikligi va zamonaviy dizayni kelajak avtomobili konsepsiyasini o‘zida to‘liq aks ettiradi. Dvigatel quvvati – 249 o.k. 100 kmga yoqilg‘i sarfi – 7,3 litrdan boshlab yetti o‘rinli salon pastdan isitish va havo almashinuviga ega 3 qator qulay charm o‘rindiqlardan iborat. Ikkinchi va uchinchi qatorlar bir tekis yotqizilishi mumkin, buni sayohat ixlosmandlari yuqori baholaydilar. Raqamli uskunalar paneli ikkita multimedia HD-displeydan iborat bo‘lib, sensor paneliga va haydovchi uchun old oynaga axborotni chiqaruvchi proyeksiyali displeyga ega.

EXEED VX ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, jumladan: