ISW: Ukrainaning Baxmutdagi muvaffaqiyati Rossiya axborot makonidagi vahimani kuchaytirdi
Donetsk viloyatining Baxmut tumanida Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlarining bir qator chizig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
ISW urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika institutining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari muvaffaqiyati Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumi fonida Rossiya axborot maydonida vahimani kuchaytirdi.
Mutaxassislar, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning Rossiya qo‘shinlari Baxmut frontining ba’zi bo‘limlarida orqaga 2 kilometr chuqurlikka chekinganligi haqidagi xabari va bunga Rossiya Mudofaa vazirligi hamda "Vagner" XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning munosabatiga tayanmoqda.
Ikkinchisi, xususan, Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tib, Baxmut va uning atrofidagi 3 km hududni qaytarib olganini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaning mahalliy qarshi hujumlari haqidagi ma’lumotlarni "g‘ayrioddiy tezlik bilan" tan oldi, ammo mudofaa chizig‘ining siljigani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024
563 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi
09:08 / 09.11.2024