Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida boş vazir Qohir Rasulzoda davlat rahbariga Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erişilgan kelişuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Özaro savdo va yuk taşiş hajmi ortmoqda, muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari köpaymoqda. Yaqin hududlararo aloqalar yölga qöyilgan, madaniy-gumanitar almaşinuvlar faol amalga oşirilmoqda.

Tovar ayirboşlaşni oşiriş böyiça samarali çoralar köriş, energetika, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, transport, konçilik, töqimaçilik va boşqa tarmoqlarda Özbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablağlarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun Toşkent şahrida ikki mamlakat boş vazirlari raisligida ötkazilgan qöşma Hukumatlararo komissiya yiğilişi qarorlarini amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.

















