Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov Kun.uz'ga bergan intervyusida telefonidan naşid topilgani yoki uni kimgadir yuborgani uçun qamalayotganlar soni oşib borayotgani haqida gapirib, hukumatni bu jiddiy vaziyat haqida öylab körişga çaqirdi.
“Birinçi ma’muriyat davrida hukumatning ma’naviy-huquqiy qiyofasi diniy ekstremizm bilan boğliq bölib qolgan edi. Afsuski, hozir ham mana şu tendensiyaning xavfli bosqiçida turibmiz.
Ötgan yili Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga Toşkent şahar Uçtepa tumanida maktab öquvçilari ekstremizmda ayblanib qamalgani haqida xabar kelgandi. Ha, ularning jazosi keyinroq yengiliga almaştirildi, lekin bu tendensiya rivojlanib borib, 19-20 yoşdagi yoşlarni uzoq muddatga qamaş boşlandi. Ötgan yili 19 yoşli yigit 12 yil-u 3 oyga qamaldi. Bu holat tinimsiz ösib boryapti. Bizga yetib kelmayotgan ma’lumotlar qança hali.

Hukumatdagilar buni öylab körişi kerak. Bu – masalaning bir tomoni. Hali qonunçilikni tahlil qiliş va özgartiriş kiritiş masalalarini ham köriş kerak. Uç-törtta faol emas, katta-katta siyosiy institutlar işlaşi kerak bu bilan”, – deydi inson huquqlari faoli.
Intervyuni töliq holda quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Naşida uçun qamalgan yigit voqeasi: IIB bayonoti ayblov xulosasiga zid kelyapti











