2023 yil 13 may kuni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşining navbatdan taşqari plenumi bölib ötdi.
Plenum qatnaşçilari milliy yuksalişni amalda ta’minlayotgan, millat va vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan prezident Şavkat Mirziyoyev nomzodini Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qöllab-quvvatlaş lozim, degan xulosaga kelişdi.
Plenumda muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida Şavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari suriş böyiça tegişli qaror qabul qilindi.

Avvalroq ÖzLiDeP siyosiy kengaşi amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka körsatişni qöllab-quvvatlagandi. Bu haqda partiya Siyosiy kengaşining navbatdagi majlisida qaror qabul qilingan.
Ekologik partiya va Özbekiston Xalq demokratik partiyalari öz rahbarlari Abduşukur Hamzayev va Uluğbek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida körsatadi. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi nomzod körsatiş böyiça bölajak qurultoyda körib çiqiş uçun Robaxon Mahmudova nomzodini ma’qulladi.


















