Jahon | 14:13 / 13.05.2023
13864
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis siyosatchisi: Ukrainaga Rossiyaga zarba yo‘llashiga ruxsat berish kerak

Ukraina faqat o‘z hududida qurol qo‘llashni cheklashi uchun hech qanday sabab yo‘q, deydi Yoxann Vadeful. U Kiyevni Rossiya Federatsiyasi hududiga qarshi nemis qurollaridan foydalanishga ruxsat berishga chaqirdi.

Foto: dpa

Bundestagdagi XDS/XSS muxolifat bloki fraksiyasi raisi o‘rinbosari Yoxann Vadeful Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga qarshi nemis qurollaridan foydalanishga ruxsat berishga chaqirdi. “Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga hujum qilishga ruxsat berilmagani uchun na xalqaro-huquqiy, na siyosiy darajada hech qanday asos yo‘q”, — dedi tashqi siyosat bo‘yicha ekspert Berlinning 13 may, shanba kuni chop etilgan Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida.

Germaniya kansleri Olaf Shols yaqinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Rossiya hududiga zarba berishda nemis qurollaridan foydalanmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishilganini aytdi. Vadeful bunday fikrga rozi emas.

"Nega hujumga uchragan davlat faqat o‘z hududida mudofaa bilan cheklanishi kerak? Ukraina tajovuzkor urushni to‘xtata olish uchun chegaraning narigi tomonidagi logistika va ta’minotni buzishi kerak. Germaniya Ukrainaning qo‘llarini bog‘lab qo‘yishi emas, balki unga samarali yordam berishi kerak", - deya ta’kidladi siyosatchi.

Vadefulning ta’kidlashicha, Ukraina, albatta, "mutanosiblik"ni yodda tutishi kerak, biroq ayni paytda Kiyev buni hozirdan qilyapti. "Rossiyadan farqli o‘laroq, Ukraina sanoat obektlari, yonilg‘i omborlari, transport va harbiy infratuzilmaga zarba berishda o‘zini cheklaydi. Rossiyadan farqli o‘laroq, u turar joy majmualari, kasalxonalar yoki mehribonlik uylarini bombardimon qilmaydi", deb tushuntirdi siyosatchi.

Mavzuga oid