Rossiyalik og‘ir atletikachilar musobaqalarda neytral maqomda qatnashishi mumkin bo‘ladi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi XOQ tavsiyalariga amal qildi. Mustaqil agentliklar Rossiya va Belarus sportchilari bo‘yicha individual tekshiruvlar o‘tkazadi.

Foto: AP
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Rossiya va Belarus sportchilariga o‘z shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalarda neytral maqomda ishtirok etishga ruxsat berdi. Bu haqda 12 may, juma kuni federatsiya ijroiya kengashining onlayn yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ISW matbuot xizmati xabar berdi.
Gap Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tavsiyalarini qo‘llash haqida ketmoqda. Ushbu jarayon doirasida mustaqil idoralar tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va IWF musobaqalarida qatnashmoqchi bo‘lgan Rossiya yoki Belarus pasportiga ega barcha sportchilar bo‘yicha individual tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Qaror IWF sportchilar komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Federatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gap “IWF'ning Ukraina bilan birdamligi va millatidan qat’i nazar, barcha neytral sportchilar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini imkon qadar saqlab qolish zarurati” pozitsiyasi o‘rtasidagi eng yaxshi muvozanat haqida ketmoqda.
Matbuot xizmati joriy inqiroz boshidan buyon ular XOQ tavsiyalariga qat’iy rioya qilganliklarini ta’kidladi.
29 aprel kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasi rossiyaliklar va belaruslar Ukrainadagi Rossiya urushi tashviqotini qo‘llab-quvvatlayaptimi yoki yo‘qmi, shu masalani tekshirgandan so‘ng ularga ruxsat berish bo‘yicha individual qarorlar qabul qilishi ma’lum bo‘ldi.
Bungacha, 28 mart kuni, to‘rt oylik maslahatlashuvlardan so‘ng XOQ Ijroiya qo‘mitasi Parijda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada bo‘yicha qarorni keyinga qoldirib, xalqaro federatsiyalarga urushni qo‘llab-quvvatlamagan rossiyalik va belaruslik sportchilarga neytral sportchilar sifatida qatnashishga ruxsat berishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Jahon | 16:41
-
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi
Jahon | 16:38
-
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

16:41
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi

15:14
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda

14:11
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

13:46