11 may kuni Saudiya Arabistonida Islom taraqqiyot banki tomonidan xalqaro forum bölib ötdi. Tadbirda uşbu mukofotni Islom taraqqiyot banki raisi Muhammad Sulaymon Al Jasser hamda Xalqaro islom Savdo-moliya korporatsiyasi boş ijroçi direktori Hani Salem Sonbol “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boşqaruv Raisi S.Normuhamedovga topşirdi.

Forum doirasida Islom korporatsiyalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida “Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça islom korporatsiyasi örtasida navbatdagi anglaşuv Memorandumi ham imzolandi. Mazkur Memorandum moliya muassasasalari örtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga kötaradi. Xususan, xodimlar malakasini oşiriş, bank tomonidan körsatilayotgan xizmatlar kölamini kengaytiriş, şariat şartlari asosida kiçik va örta biznesni moliyalaştirişda muhim dasturilamal bölib xizmat qiladi. “Trastbank” hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamkorligida yaratilgan loyihalar doirasida Özbekistonda xususiy sektorda qöşimça 1 100 dan ortiq işçi örinlari yaratilgan.

Şuningdek, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boşqaruv Raisi S.Normuxamedov boşçiligidagi delegatsiya a’zolari va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi Boş amaliyot departamenti direktori Nazim Nurdali boşçiligidagi delegatsiya a’zolari örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şu jumladan, Özbekistonda kiçik va örta biznes böyiça istiqbolli loyihalarning islom tamoyillari asosida moliyalaştirilişiga doir özaro aloqalarni yangi bosqiçga kötarişga urğu berildi.
“Trastbank” matbuot xizmatiⓉ












