Rossiya Finlandiya va Norvegiya yaqinida 16 ta bombardimonchi samolyotini joylashtirdi
Rossiya Finlandiya va Norvegiyadan 200 kilometr uzoqlikda 16 ta Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi, deb yozadi The Barens Observer. Ushbu yadroviy bombardimonchi samolyotlarning birinchisi bazaga avgust oyida kelgan.
Rossiya NATO a’zolari Finlandiya va Norvegiyadan 200 kilometr uzoqlikdagi Kola yarimorolida Olenya aviabazasiga yadroviy qurol olib yurish imkoniga ega 16 ta Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda 14 may, yakshanba kuni The Barens Observer 7 may kuni sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga asoslanib xabar bermoqda.
Ushbu tasvirlarga ko‘ra, Olenya aviabazasida ikkita tovushdan tez harakatlanadigan Tu-160 va 14 ta Tu-95 turbovintli samolyotlar joylashtirilgan. Tu-160 va Tu-95 juda tez havoga ko‘tarilishi mumkin. "Demak, Norvegiya va Finlandiyada o‘z havo hududiga yaqin turgan samolyotlarni aniqlash uchun qiruvchilarini havoga ko‘tarishga kamroq vaqt bo‘ladi", deb yozadi nashr.
Rossiya strategik aviatsiyasi harakatlarini aniqlovchi radiokuzatuvchi Olga Goncharenko xabarlari Olenyada joylashgan Rossiyaning strategik bombardimonchi samolyotlari Ukrainani qanotli raketalar bilan o‘qqa tutishda ishtirok etayotganini ko‘rsatmoqda.
The Barens Observer eslatishicha, Olenya aviabazasi avvalroq eski Tu-22M tovushdan tez bombardimonchi samolyotlar va bir nechta An-12 harbiy-transport samolyotlarining kichik parkiga xizmat qilgan. Biroq, 2022 yil yozining oxirida hamma narsa o‘zgardi: birinchi to‘rtta Tu-160 avgust oyida bu yerga keldi va oktyabrgacha 10 dan ortiq Tu-95 va Tu-160 samolyotlari yig‘ildi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024