Jahon | 15:02 / 15.05.2023
13272
2 daqiqa o‘qiladi

WP: Prigojin Ukraina "GUR"ga Rossiya qo‘shinlari pozitsiyasini oshkor qilmoqchi bo‘lgan

Prigojin Ukraina razvedkasiga, agar Baxmut Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan tashlab ketilsa, Rossiya qo‘shinlari joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni berishini taklif qilgan, deb xabar beradi The Washington Post.

Videodan kadr

Yanvar oyi oxirida "Vagner" XHK egasi Yevgeniy Prigojin, agar Ukraina Qurolli kuchlari Baxmutdan chekinsa, Ukrainaga Rossiya qo‘shinlarining joylashuvi haqida ma’lumot berishini aytgan. Bu haqda 14 may, yakshanba kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi yaqinda Discord chatida sizdirilgan Pentagon maxfiy hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Aytilishicha, Prigojin bu taklifni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakillariga topshirgan, u go‘yoki urush paytida ular bilan maxfiy aloqada bo‘lgan. Sizib chiqqan hujjatlarda XHK egasi Rossiyaning aynan qaysi pozitsiyalarini oshkor qilishni taklif etgani aniq ko‘rsatilmagan.

Ukrainalik ikki rasmiy The Washington Post nashriga Prigojin Ukraina "GUR" bilan bir necha bor gaplashganini tasdiqladi. Rasmiylardan biri aytishicha, rus yollanma askarlari boshlig‘i go‘yoki Baxmut bo‘yicha bir necha bor takliflar qilgan, ammo Kiyev bu takliflarni ishonchsiz deb hisoblagani uchun rad etgan. Gazetaning Vashingtondagi manbasi ham Prigojinning niyatini shubha ostiga oldi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Washington Post  gazetasiga bergan intervyusida Ukraina tomonining XHK bilan aloqalarini tasdiqlamadi. “Bu harbiy razvedkaga tegishli”, - dedi u. Avvalroq gazeta Zelenskiy bilan bo‘lgan intervyudan Ukraina razvedkasining Prigojin bilan taxminiy aloqalari haqida savol berilgan parchani olib tashlagan edi. Biroq, Prigojinning yanvar oyidagi taklifi haqida material nashr etilgandan so‘ng, bu parcha tiklandi.

Mavzuga oid