Qayd etilişiça, bugungi kunda mamlakatda 30 mingga yaqin maktabgaça ta’lim taşkilotlarida 2 milliondan ziyod öğil-qiz tarbiyalanmoqda. Sönggi beş yilda 422 ta davlat boğçasi qurilişi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar oçilişi hisobiga 1 million 200 ming örin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab oliş körsatkiçi 72 foizga yetgan.

Taqdimotda maktabgaça ta’lim tizimini yanada takomillaştiriş, boğçalarda sifat va qamrovni oşiriş, bu borada ilğor xorijiy tajribalarni joriy qiliş çoralari haqida axborot berildi. Xususan, aholisi ziç yoki qamrov körsatkiçi past bölgan hududlarda yangi davlat boğçalari quriladi hamda xususiy sektor kengaytiriladi. Kam quvvatda işlayotgan maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etiladi. 

Davlat rahbari bu soha ayollarga yengillik yaratiş va farzandlar tarbiyasida muhim ekaniga alohida e’tibor qaratdi. 

Mutasaddilarga ta’lim sifatini yaxşilaş, dasturlarni takomillaştiriş, davlat-xususiy şeriklik munosabatlarini yangi bosqiçga kötariş yuzasidan körsatmalar berildi. Maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş böyiça beş yillik dastur işlab çiqiş vazifasi qöyildi.