O‘zbekiston | 11:49 / 18.05.2023
22756
2 daqiqa o‘qiladi

May oyi oxiridan Sirdaryoda avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi - viloyat hokimi

Sirdaryoda Xitoyning Exeed brendi ostidagi avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod uchun kerakli jihozlar viloyatga olib kelingan. Bu haqda Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forumda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Kun.uz muxbiriga ma’lum qildi.

Akmaljon Mahmudaliyev Foto: Kun.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida tashrif o‘tayotgan Sian shahrida o‘zbek-xitoy biznes forumi ham bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga aprel oyida qilgan tashrifida viloyatni innovatsion hududga aylantirish, har bir tuman va shaharda texnoparklarni rivojlantirish, bunda Xitoy tajribasini joriy qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab berilgan.

Olib boriladigan muzokaralar natijasida Xitoy va Sirdaryo viloyati hamkorligidagi loyihalarning bugungi 520 mln dollarlik qiymatini forum yakuni bilan 1,5 mlrd dollarga yoki qariyb 3 baravarga oshirishga erishildi, deydi hokim. Unga ko‘ra, bu loyihalar 2023-2025 yillarda amalga oshiriladi.

Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo viloyatida avtomobil ishlab chiqarish boshlanishi haqida ham gapirib o‘tdi.

Bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Shu oyning oxiridan boshlab Sirdaryoda Xitoyning Exeed brendli avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi”, dedi u.

Shuningdek, viloyat rahbari kambag‘allik bilan kurashishda ilmiy yondashuvlarni tatbiq qilish yuzasidan ham Xitoy tajribasi o‘rganilib, amaliyotga joriy etilishini ma’lum qildi.

Сардор Раҳмонқулов
Muallif Сардор Раҳмонқулов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid